Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 50 tonnalik giyohvand moddalar partiyasi musodara etildi
Meksika huquqni muhofaza qilish idoralari 50 tonna og‘irlikdagi giyohvand moddalar partiyasini musodara qildi. Bu haqda Excelsior xabar berdi.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Sinaloa shtatidagi Badiraguato shaharchasidan giyohvand moddalar topilgan.
Qayd etilishicha, politsiyaning fikricha, giyohvand moddalar partiyasi «Sinaloa» karteliga tegishli bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Meksika harbiy-dengiz floti vazirligidan mamlakat qirg‘oqlarida katta miqdorda kokain partiyasini olib ketayotgan qayiq ushlangani haqida e'lon qilishgandi.
Ta'kidlanganidek, qayiq Meksikaning harbiy-dengiz floti samolyoti tomonidan Tinch okeanida, Akapulkodan 160 km uzoqlikda payqalgan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:25 / 12.06.2026