Jahon | 11:01 / 18.08.2018
18389
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Moskva va Berlinni bir-biriga yaqinlashtirdi - OAV

Foto: Sputnik

AQSh prezidenti Donald Trampning harakatlari Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga olib keldi. Bu haqda Handelsblatt xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning Eron bilan yadroviy bitimdan chiqishi Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi «mantiqiy» yaqinlashishga olib keldi.

Ta'kidlanishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkelning rejalashtirilayotgan o‘zaro uchrashuvi jahondagi vaziyatni normallashtirishda birinchi qadam bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, mutaxassislarning fikricha, Putin va Merkel Trampning kutilmagan harakatlaridan kelib chiqqan holda bir qator masalalarda kelishuvga erishishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Obamaning maxfiy direktivasini bekor qilgandi.

Mavzuga oid