AQŞ prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obamaning mamlakat raqiblariga qarşi kiberquroldan foydalaniş böyiça maxfiy direktivasini bekor etişga qaror qildi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar berdi.
Manbalar sözlariga köra, bunday direktivaning bekor qilinişi kiberhujumlarga çeklovlarni kuçsizlantiradi. Aniqlik kiritilişiça, hujjat haqida 2013 yilda AQŞ Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden Buyuk Britaniya va AQŞ razvedka xizmatlarining işi haqida ma'lumotlar e'lon qilganidan keyin ma'lum böldi.
Manbalardan birining sözlariga köra, direktivaning bekor qilinişi «oldinga hujumkor qadam» sanaladi. Naşr ma'lumotlariga köra, u harbiy operatsiyalarni qöllab-quvvatlaydi, şuningdek, intellektual mulkni öğirlaş va saylovlarga xorijiy aralaşuvning oldini oladi. Hozirda prezident ma'muriyati bekor qilingan qoidalar örniga yangilarini tasdiqlaganiga oid ma'lumot yöq.












