Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi mahalliy muftiyatlardan biridagi otishmada 5 kishi halok bo‘ldi
Turkiya shimoli-sharqida joylashgan Arzinjon viloyatining Tarjan shahridagi mahalliy muftiy idorasida otishma yuz berdi. Otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 2 kishi yaralangan. Bu haqda viloyat ma'muriyati ma'lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 17 avgust soat 15.00da mahalliy ma'muriyat binosidagi muftiy ofisida o‘tayotgan majlisda muftiyat xodimlaridan biri F.A. nizo vaqtida to‘pponchadan betartib o‘q uza boshlagan. Buning oqibatida 2 kishi, jumladan muftiy o‘rinbosari halok bo‘lgan va 5 kishi, jumladan o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan F.A. yaralangan. Yaralanganlar shifoxonaga yetkazilganlar, biroq shifokorlarning urinishlariga qaramay ulardan 3 nafari, jumladan F.A. vafot etgan.
Ta'kidlanishicha, qolgan ikki yaralanganning ham ahvoli og‘ir. Prokuratura ushbu voqea yuzasidan tergov boshlagan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026