Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Ruhoniy va Trampning uchrashuvi nega yuz bermasligini ma'lum qildi
Foto: CNN
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning ma'lum qilishicha, mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp uchrashuvi AQSh yadroviy bitimdan chiqqani tufayli hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Bu haqda vazir CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Zarifning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar dasturidan chiqib, ilgari erishilgan «ulkan muvaffaqiyat»ni yer bilan bitta qildi.
«[Bitim] biz uchun lakmus qog‘ozi edi. U biz AQShga ishonishimiz mumkin yoki yo‘qligini anglatib turardi», - deya ta'kidlab o‘tdi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat departamenti Eron bilan hamkorlik uchun sanksiyalar joriy etilishini eslatgandi.
AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayn Xukning Davlat departamentida bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar rasmiylari Eron tomoni bilan savdo aloqalarini davom ettiradigan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilishga tayyor.
Mavzuga oid
23:44 / 28.11.2025
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asini boykot qilmoqchi
11:12 / 28.11.2025
Dunyodagi urushlar va O‘zbekiston: “Geosiyosat”da talabalar bilan suhbat
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
20:31 / 22.11.2025