Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh saylovlar kiberxavfsizligini ta'minlash uchun 380 mln dollar ajratdi
Foto: Bloomberg
Amerika shtatlari hukumatlari saylovlar xavfsizligini ta'minlash uchun ajratilgan mablag‘ning uchdan ikki qismini yangi ovoz berish qurilmalari sotib olish va saylov jarayoni kiberxavfsizligini ta'minlashni mustahkamlashga sarflamoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
AQSh kongressi shtatlarga jami 380 mln dollar ajratdi, bundan 134,2 mln dollarga yaqini besh yil davomida saylovlar kiberxavfsizligini yaxshilashga, 102,6 mln dollari esa ovoz berish qurilmalari sotib olish uchun yo‘naltiriladi.
Qolgan mablag‘ esa saylovchilar ma'lumotlar bazasini, saylovdan keyingi audit va kommunikatsiya vositalari uchun sarflanadi.
Avvalroq milliy xavfsizlik bo‘yicha AQSh prezidenti maslahatchisi to‘rt davlat — Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya va Eron noyabrda bo‘lib o‘tadigan kongressga oraliq saylovlarga aralashishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.
21 avgust kuni Microsoft kiberjinoyatchiliklarga qarshi kurashish bo‘linmasi Rossiya bilan aloqador xakerlar AQShdagi saylovlarga ta'sir ko‘rsatishga uringanini aniqlaganini xabar qildi. Kompaniya xabariga ko‘ra, «Rossiya hukumati bilan yaqin aloqada bo‘lgan» Strontium xakerlar guruhi Xalqaro respublika instituti va Xadson instituti resurslarining nusxalari bo‘lgan 84ta soxta sayt yaratgan. Microsoft kiberhujumlarning muvaffaqiyatli kechgani hamda ularning nishoni kim bo‘lgani haqida dalillarga ega emasligini bildirgan.
Kreml esa rossiyalik xakerlarning yangi guruhi haqida hech narsani bilmasligini ma'lum qildi.
«Biz saylovlarga ta'sir nimani anglatishini, gap kim haqida borayotganini va qanday asoslarga ko‘ra bunday xulosaga kelinayotganini bilmaymiz», — dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Mavzuga oid
09:01
Zelenskiy: AQShning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari 100 foizga tayyor
01:00 / 25.01.2026
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026