Jahon | 19:19 / 21.08.2018
1989
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada toshqin sababli 8 sayyoh halok bo‘ldi

Foto: EPA

Italiyaning Kalabriya viloyatida toshqin yuz berishi oqibatida 8 sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda 20 avgustda RAI telekanali ma'lum qildi.  

Voqea Pollino milliy bog‘i hududida yuz bergan. U yerdagi daryo qirg‘oqlaridan chiqib, sayyohlar bo‘lgan Raganello darasi suv ostida qolgan. Halok bo‘lganlar 4 erkak va 4 ayol bo‘lgan.

Oqibatda 18 kishi evakuatsiya qilingan, 12 kishi shifoxonaga yetkazilgan. 

Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini davom ettirishmoqda. Bedarak yo‘qolgan borligi ma'lum qilingan. Biroq ularning aniq sonini o‘rnatishning hozircha imkoni yo‘q, chunki darada qancha odam bo‘lgani noma'lum.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid