Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘l tumanida 30 nafar nogironligi bor insonlar oilasi uylik bo‘ldi
Bayram arafasi Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida 30 nafar uy-joyga muhtoj, nogironligi bo‘lgan oilalarga xonadon kalitlari topshirildi.

Mazkur “Qo‘rg‘oncha” mahallasi, “Nurli hayot” ko‘chasida foydalanishga topshirilgan uyning birinchi qavatida trikotaj ishlab chiqarish sexi tashkil qilingan. Uyda kutubxona, har o‘n xonadon uchun zamonaviy anjomlar bilan jihozlangan oshxona va barcha qulayliklar mavjud.



Uyning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Baxtimurod Karimov so‘z olib, yangi xonadon sohiblariga sertifikatlar topshirdi. Shundan so‘ng, yig‘ilganlar va OAVxodimlari maskanda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.



20 avgust kuni Andijon viloyatining qator tuman va shaharlarida uy-joyga muhtoj, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan hamda nogironligi bo‘lgan 293 nafar oilalarga xonadon kalitlari topshirildi.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
11:44 / 06.04.2026
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
09:17 / 21.03.2026
Andijon viloyatida «Quruq port» quriladi
09:20 / 03.03.2026