Osiyo o‘yinlarida uchinchi kun yakunlari. O‘zbekistonda jami 10ta medal
21 avgust kuni Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom ettirildi. Bahslarning uchinchi kunida O‘zbekiston nomidan 9 sport turi bo‘yicha atletlar musobaqalarda qatnashishdi. Kun yakunlariga ko‘ra uch nafar sportchimiz medallarni qo‘lga kiritdi.
Suzish
50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bahslarda qatnashgan Aleksey Tarasenko va Xurshid Tursunov o‘z guruhlarida oltinchi natijani qayd etishdi. Vladislav Mustafin 200 metrga chalqancha suzish bahslarida beshinchi bo‘lib yetib bordi.
Tennis
Sabina Sharipova chorak final yo‘llanmasi uchun gonkonglik Ling Jangga qarshi o‘yin o‘tkazdi. O‘zbekiston vakilasi 5:7, 6:3, 5:7 hisoblarida mag‘lubiyatga uchradi va yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Nigina Abduraimova Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosi Na Lai Xanga 2:6, 2:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuningdek, Karimov/Fayziyev juftligi Xitoy Taypeyi, Istomin/Do‘stov tandemi esa Janubiy Koreya terma jamoasi vakillariga yutqazib qo‘yishdi.
Slalomda eshkak eshish
Alibek Temirgaliyev va Abubakir Bukanov finalga chiqishdi. Temirgaliyev saralashda ikkinchi, Bukanov esa o‘ninchi natijani ko‘rsatdi.
Akademik eshkak eshish
Shahboz Xolmurzayev va Shahboz Abdujabborov juftligi saralash bosqichida marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelishdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
LM4 yo‘nalishida ishtirok etgan yigitlarimiz finishga birinchi bo‘lib yetib borishdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Og‘ir atletika
Adhamjon Ergashev ikki urinish yakuniga ko‘ra 298 kg tosh ko‘tardi va bronza medali sohibiga aylandi. Ergashev ilk urinishda 128kg, ikkinchi urinishda 133 kg, uchinchi urinishda esa 136kg toshni toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi.
Yunon-rum kurashi
-67 kg vazn toifasida Yelmurat Tasmuradov chorak final bahsida eronlik sportchi bilan kuch sinashdi. Bu bellashuvda o‘zbekistonlik kurashchi raqibiga 8:9 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
-60 kg vaznda Islomjon Bahromov bronza medali uchun eronlik Mehrdad Mardaniga qarshi gilamga chiqdi. Islombek bronza medali uchun jangda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Taekvondo
+80 kg vaznda Dmitriy Shokin finalda eronlik raqib bilan kuch sinashdi. 2:1 hisobida oldinda borayotgan Shokin so‘nggi lahzalarda tashabbusni raqibga berdi va 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. O‘zbekiston vakili kumush medalni qo‘lga kiritdi.
+67 kg vaznda Svetlana Osipova qozog‘istonlik raqibasiga qarshi kechgan yarim final bahsida 9:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchi bronza medali sohibasiga aylandi.
-56 kg vazn toifasida Charos Qayumova ilk jangida Sharqiy Timor mamlakati a'zosini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq, tailandlik raqibasiga 27-28 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Uchinchi kun musobaqalaridan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi jami 10 medal (1-3-6) jamg‘argan holda umumiy reytingda 11-o‘rinni yakunlab turibdi.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024