Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «Turkiya dahshatli xatoga yo‘l qo‘ymoqda»
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar pastor Endryu Bransonni ozod etish bo‘yicha ish yuzasidan turk tomoniga yon bermoqchi emas. Bu haqda davlat rahbari Reuters’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Turkiya tomonidan amalga oshirilayotgan narsa «afsuslanarli». Uning ta'kidlashicha, Anqaradan «mutlaqo begunoh» Branson Turkiya hududidan ozod qilinishini kutmoqda.
«O‘ylashimcha, Turkiya dahshatli xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Yon berish bo‘lmaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Turkiyaning Bransonga aloqador taklifini rad etgandi.
Anqara agarda AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni buzganligi sababli Qo‘shma Shtatlarda turk bankiga tahdid solayotgan milliardlab dollarlik jarimadan voz kechsa, amerikalik pastor Endryu Bransonga qo‘yilgan ayblovlarni olib tashlash taklifi bilan chiqqan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026