AQŞ Turkiyaning taklifini rad qildi va Halkbank turk bankiga nisbatan suriştiruv işlarini töxtatmaydi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi Oq uydagi yuqori lavozimli rasmiyga tayangan holda yozmoqda.

Anqara agarda AQŞ Eronga nisbatan sanksiyalarni buzganligi sababli Qöşma Ştatlarda turk bankiga tahdid solayotgan milliardlab dollarlik jarimadan voz keçsa, amerikalik pastor Endryu Bransonga qöyilgan ayblovlarni olib taşlaş taklifi bilan çiqdi. Amerikalik pastor Endryu Branson terrorizmga yordam beriş ayblovi bilan Turkiyada uy qamoğida uşlab turilibdi. WSJ’ning yozişiça, Anqara Vaşingtondan Halkbank bankiga nisbatan suriştiruvdan voz keçişni söradi. Materialda aytilişiça, AQŞ Turkiyaning bu taklifini rad etdi.

WSJ manbasi sözlariga köra, AQŞning NATO böyiça ittifoqçisi Bransonni hibsga olmagan bölardi. Şu bilan birga, AQŞ Bransonga qarşi ayblovlarni asossiz deb atamoqda. Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp Branson ozod qilinmagunga qadar, Turkiya uçun pölat va alyuminiy boji ikki baravar ortiq bölişi bilan tahdid qildi. Şuningdek, Oq uy ikki yuqori martabali turk mulozimiga nisbatan sanksiyalar qölladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Turkiya elçisini ogohlantirgandi.