Jahon | 16:31 / 21.08.2018
15659
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaga S-400 qachondan yetkazib berilishi ma'lum qilindi

Foto: Mixail Xodarenok/«Gazeta.Ru»

Rossiya 2019 yilda S-400 zenit-raketa majmuasini Turkiyaga yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bajara boshlaydi. Bu haqda «Rosoboroneksport» rahbari Aleksandr Mixeyev ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

«S-400 Turkiyaga. Shartnoma kelishilgan muddatlar asosida amalga oshiriladi. 2019 yilda biz shartnomani amalga oshirishni boshlaymiz», - dedi u. 

Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiyaning S-400 ZRMlari faqatgina omborxonalarda saqlanmasligi, balki kerak bo‘lganda ishlatilishi haqida ma'lum qilgandi.

Bundan tashqari, Turkiya hukumati vakillarining bildirishicha, AQSh tomonidan ehtimoliy sanksiyalar tahdidiga qaramasdan, ular komplekslarga oid kelishuvdan voz kechmaydi.

O‘z navbatida, Vashingtondan bildirishlaricha, Turkiyaning S-400’ni sotib olishi «Turkiya va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga zarba beradi».

 

Mavzuga oid