Sport | 11:24 / 22.08.2018
5903
1 daqiqa o‘qiladi

Nikita Rafalovich yarim finalda, Sardor Toirov mag‘lub bo‘ldi

Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining taekvondo bahslarida Nikita Rafalovich yarim finalga yo‘l oldi.

O‘zbekistonlik sportchi chorak finalda afg‘onistonlik Ramesh Husaynini 11:0 hisobida mag‘lub etdi.

Nikita Rafalovich
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Yana bir taekvondochimiz Sardor Toirov esa Eron vakiliga 9:29 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Sardor Toirov
Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

 
Qilichbozlik bo‘yicha musobaqalarda hamyurtlarimiz 45:38 hisobida Yaponiya terma jamoasiga yutqazib qo‘yishdi.

Mavzuga oid