Osiyo o‘yinlari. Qilichbozlarimiz mezbonlarni mag‘lub etishdi, suzuvchimiz finalga chiqdi
Bugun hamyurtlarimiz Osiyo o‘yinlarining to‘rtinchi kuni doirasida bahslarga kirishishgan.
Suzish bahslarida Vladislav Mustafin 100 metrga bras usulida suzish bo‘yicha o‘z guruhida ikkinchi natijani qayd etdi. Mustafin finalda ishtirok etadigan bo‘ldi. 100 metrga batterflyay usulida suzgan Artyom Kozlyuk o‘z guruhida to‘rtinchi natijani qayd etdi va keyingi bosqichga o‘ta olmadi. 100 metrga bras usulida suzgan Yulduz Qo‘chqarova o‘z guruhida uchinchi bo‘lib marraga yetib keldi.
Akademik eshkak eshishda Shahboz Xolmurzayev 7:50.21 natija bilan saralashda eng yaxshi natija ko‘rsatdi va finalga yo‘l oldi.
Qilichbozlik bo‘yicha bahslarda hamyurtlarimiz Indoneziya jamoasini 45:35 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olishdi.
Mavzuga oid
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
16:30 / 29.10.2024