Jahon | 10:03 / 22.08.2018
24700
2 daqiqa o‘qiladi

Tuzatish: Saudiyada ayol huquq himoyachisi qatl etilmagan, sud davom etyapti

Foto: YouTube/ YJC.ir

Saudiya Arabistoni o‘zining ilk ayol huquq himoyachisini qatl etishi mumkin. Bu haqda huquq himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ogohlantirish berdi.

Middleeasteye’ning yozishicha, 29 yoshli Isra al-G‘omg‘am Qatif sharqiy mintaqasida hukumatga qarshi norozilik aksiyalarida va ijtimoiy tarmoqlarda inson huquqlari bo‘yicha kampaniyada ishtirok etganidan keyin 2015 yil qamoqqa olingan.

Al-G‘omg‘am va yana besh kishi «podshohga itoatsizligiga undash» hamda hukumatga qarshi namoyishlarni uyushtirishda ayblangan.

«Ayol huquq himoyachisini o‘lim jazosiga mahkum etish Saudiya Arabistonidagi xavfli holatdir», - deya aytib o‘tdi inson huquqlari bo‘yicha mutaxassis Ali Adubisi.

Biroq, sudning bu ish bo‘yicha qarori hali chiqarilmadi hamda bu jarayon oktabr oyining oxiriga qadar davom etadi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda al-G‘omg‘am qatl etilgani haqida yolg‘on xabarlar ham tarqaldi.

Al-G‘omg‘am ishi bo‘yicha yakuniy sud majlisi 28 oktabrda bo‘lib o‘tadi, sudya o‘lim jazosini tasdiqlaydi yoki bekor qiladi. Agarda u tasdiqlansa, ish yakuniy ratifikatsiya qilish uchun qirol Salmon bin Abdulazizga yuboriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid