Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT mamlakatlari Rossiyadagi xalqaro mashqlarda ishtirok etmoqda
Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlar qurolli kuchlarining «Tinch missiya - 2018» terrorchilikka qarshi harbiy qo‘mondonlik-shtab qo‘shma mashqlari 22 avgust kuni Chelyabinsk oblastidagi Chebarkul poligonida boshlandi. Bu haqda RF Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-leytenant Aleksandr Lapin ma'lum qildi, deya xabar beradi Avesta.
«Mashqlarda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston qurolli kuchlarining harbiy qo‘mondonligi organlari, quruqlikdagi qo‘shinlar bo‘linmalari va aviatsiyasi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston vakillari mashg‘ulotlarga kuzatuvchilar sifatida tashrif buyuradi. «Tinch missiya - 2018» mashqlarida ShHTga a'zo davlatlarning 3000ga yaqin harbiy xizmatchilari va 500dan ortiq texnikasi», - dedi Lapin.
«Mashqlarning asosiy maqsadlari birgalikdagi terrorizmga qarshi operatsiyalarni tayyorlash va o‘tkazish, qo‘shma harbiy qo‘mondonlik rahbariyati qo‘l ostida asosiy taktik va harakatlar usullarini qo‘llashda muvofiqlikni takomillashtirishdir», - deya aniqlik kiritdi qo‘mondon.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026