Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan «MYu»dan taklif kutmoqda
Foto: AFP
«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Manchester Yunayted» rahbariyati tomonidan amaldagi bosh murabbiy Joze Mourinoning o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, «MYu» bosslari portugaliyalik mutaxassis iste'fosini muhokama etishayotgani yo‘q, lekin har ehtimolga qarshi zaxira variant topib qo‘yishgan. Ular uchun bunday variant, o‘zi ham Manchester jamoasida ishlashni istayotgan Zinedin Zidan bo‘lib turibdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis o‘z yaqinlariga «MYu»dan taklif kutayotganini bildirgan.
Bundan avvalroq Zidan «Yuventus» klubi ustozi bo‘lishi haqidagi xabarlar tarqalgan, Turin klubi bu ma'lumotni rad etib chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil yozida Zidan qatorasiga uch marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonganiga qaramay, «Real» klubini tark etdi. U 1996-2001 yillar davomida futbolchi sifatida «Yuventus» sharafini himoya qilgan va keyinchalik «Real»ga o‘tgan edi.
Mavzuga oid
12:15 / 18.01.2026
«Siti» derbida taslim etildi, muxlislar Vinini yig‘latishdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
21:25 / 05.01.2026
Amorimning kutilmagan iste’fosi. «MYu» rahbariyatining qarori qanchalik to‘g‘ri?
15:42 / 05.01.2026