Jahon | 07:35 / 25.08.2018
4362
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Falastinga moliyaviy yordamni qisqartirdi
Falastin AQSh moliyaviy yordam sifatida ajratmoqchi bo‘lgan 200 mln dollarni olmaydigan bo‘ldi. AQSh prezidenti Donald Tramp qarori bilan bu pullar boshqa “ustuvorroq loyihalarga” sarflanadi, deb aytilgan AQSh davlat departamenti bayonotida.
TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, Trampning ushbu qaroriga G‘azo sektoridagi vaziyat ta'sir qilgan. Ta'kidlanishicha, bu yerda XAMAS harakati odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda va gumanitar hamda iqtisodiy vaziyatni yomonlashtirmoqda.
Avvalroq Tramp Falastinga Isroil bilan muzokaralar olib borishni istamayotgani sababli moliyaviy yordamni to‘xtatishni taklif qilgandi.