Jahon | 08:54 / 25.08.2018
3317
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador Venesuela fuqarolariga yon bosdi

Foto: REUTERS

Ekvador Venesuela fuqarolariga vaqtincha mamlakatga pasportsiz kirishga ruxsat berdi. Bu haqda El Commercio xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Venesuela fuqarolarining kiritilishi 45 kunga ruxsat berilgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu qaror Ekvador sudi tomonidan inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari da'vo arizasi bilan chiqqani uchun qabul qilindi.

Avvalroq, Ekvador hukumati Venesueladan qochqinlar sonining ortib ketgani tufayli mamlakatning bir qismida favqulodda holat joriy etgani xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Kolumbiya harbiy vertolyotlar tufayli Venesuelaga norozilik notasi yuborgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid