Jiu-jitsu. Ilhom Jo‘rayev yarim finalga chiqdi
Bugun Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari doirasida yettinchi kun bahslari o‘tkazilmoqda.
Jiu-jitsu bo‘yicha bahslarda Ilhom Jo‘rayev chorak finalda quvaytlik Emad Alsumaidni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Jiu-jitsuda bir sportchimiz mag‘lub bo‘ldi. -62 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Rahimjon Subxonov qirg‘izistonlik Alimgeldi Abdijamil Uuluga 0:2 hisobida yutqazdi. Jahongir Mirahmedov nimchorak finalda BAA vakili Sakl Almarzuiga 0:100 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Yengil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida hamyurtimiz Dmitriy Melsitov ilk urinishda 2,05 natijani qayd etdi.
Yengil atletikaning marafon musobaqasida Andrey Petrovning ishtiroki nihoyasiga yetdi. Hamyurtimiz 2:26:52 natija bilan marraga to‘qqizinchi bo‘lib yetib bordi. U birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan yaponiyalik Xiroto Inouedan 8,30 daqiqa ortda qoldi.
Mavzuga oid
17:26
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024