Jahon | 19:30 / 26.08.2018
11871
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda birdaniga bir necha vazir iste'foga chiqishga qaror qildi

Foto: REUTERS

Afg‘onistonda 21 avgustda prezident qarorgohi nishonga olingan otishmadan keyin mamlakatning birdaniga bir necha vaziri iste'foga chiqishga qaror qildi.

Reuters axborot agentligi xabar berishicha, xavfsizlikka javob beruvchi mudofaa vaziri Tarik Shox Bahromiy, ichki ishlar vaziri Vois Ahmad Barmoq va xavfsizlik milliy direktorati rahbari Mas'um Stanakzoy iste'foga chiqishga ariza bergan.  

Biroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ushbu amaldorlarning iste'fosini qabul qilmagan, vaholanki otishmadan keyin ularning ketishini talab qilgan. G‘ani ularga ishlarini davom ettirishni buyurgan.

25 avgustda Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif o‘z lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini Afg‘onistonning AQShdagi elchisi Hamdulla Mohib egalladi.

21 avgustda poytaxt Kobul prezidentning Qurbon hayiti munosabati bilan chiqishi vaqtida raketadan o‘qqa tutilgan. Keyinroq jangarilar prezident qarorgohi va diplomatik kvartalni nishonga olgani ma'lum qilingan. 

Mavzuga oid