Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Borussiya» mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi
Germaniya chempionatining 1-turida Dortmundning «Borussiya» klubi «RB Leyptsig»ni qabul qildi. «Signal Iduna Park» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi - 4:1.
O‘yinning 1-daqiqasidayoq Jan-Kevin Ogusten mehmonlarni oldinga olib chiqqandi, ammo maydon egalari birinchi bo‘limning o‘zida vaziyatni o‘nglashga erishishdi. «Borussiya» safida Maxmud Daud, Aksel Vitsel va Marko Roys gollarga mualliflik qilishdi, yana bir golni «RB Leyptsig» yarimhimoyachisi Marsel Zabittser o‘z jamoasi darvozasiga yo‘llab qo‘ydi.
Keyingi turda «Borussiya» «Hannover» mehmoni bo‘ladi (31 avgust), «RB Leyptsig» esa o‘z maydonida «Fortuna»ni qabul qiladi (2 sentabr).
Tur doirasida bugun o‘tkazilgan yana bir uchrashuvda «Maynts» «Shtutgart»ni qabul qilib, kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi. «Opel-Arena – Kofas-Arena» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi yagona gol 76-daqiqada Entoni Udja tomonidan urildi, u Robin Kaysonning pasini golga aylantirdi.
Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumida «Shtutgarg» yettinchi, «Maynts» — 14-o‘rinni egallagandi.
Keyingi turda «Maynts» «Nyurnberg» mehmoni bo‘ladi, «Shtutgart» o‘z maydonida «Bavariya»ga qarshi o‘ynadi. Ikki uchrashuv ham 1 sentabr kuniga belgilangan.
Germaniya chempionati
1-tur
Borussiya D – RB Leyptsig 4:1 (3:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 1 Ogyusten, 1:1 – 21 Daud, 2:1 – 40, avtogol Zabittser, 3:1 – 43 Vittsel, 4:1 – 90 Roys.
Borussiya D – Byurki, Akandji, Shmeltser (Gerreyru, 87), Pishchek, Diallo, Dileyni, Vittsel, Daud, Pulishich (Sancho, 77), Roys, Filipp (Volf, 70).
RB Leyptsig – Gulachi, Upamekano, Konate, Klostermann, Sarakki, Zabittser (Verner, 46), Demme (Bruma, 85), Kampl, Forsberg, Poulsen, Ogyusten (Mateus Kunya, 72).
Ogohlantirishlar: Upamekano (7), Sarakki (23), Diallo (68), Daud (75).
Maynts – Shtutgart 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 76 Udja.
Maynts – Myuller, Bell, Aaron Martin, Brosinski, Nyaxate, Gbamen (Kunde, 42), Baku, Xoltmann (Onisivo, 89), De Blasis, Kvayson, Mateta (Udja, 67).
Shtutgart – Tsiler, Pavar, Insua (Sosa, 84), Maffeo, Badshtuber, Gentner, Askasibar, Kastro, Tommi (Akolo, 81), Gonsales (Didavi, 59), Gomes.
Ogohlantirishlar: Xoltmann (63), Askasibar (79), Sosa (90).
Mavzuga oid
11:26 / 06.07.2025
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
19:55 / 07.06.2023
«Borussiya» Jud Bellingem «Real»ga transfer qilinganini e’lon qildi
19:48 / 10.05.2022
«Manchester Siti» Holand transferini e’lon qildi
16:50 / 06.03.2021