Jahon | 08:31 / 26.08.2018
8580
1 daqiqa o‘qiladi
Eron g‘arbida yer silkinishi qayd etildi. Jabrlanganlar bor
Eron g‘arbida 6,1 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda AQSh geologik xizmati ma'lum qildi.
Yel silkinishlar UTC vaqti bilan 25 avgust soat 22.13da (Toshkent vaqti bilan 26 avgust soat 3.13) qayd qilingan. Yer silkinishi markazi Qirmonshox viloyatining Javanrud shahridan g‘arb tomon 31 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 8,3 km chuqurlikda bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, yer silkinishi qo‘shni Iroqda ham sezilgan.
Press TV’ning ma'lum qilishicha, yer silkinishlari oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 58 kishi jabrlangan.
Mavzuga oid
20:12 / 28.09.2024
Eron oliy rahnamosi «Hizbulloh» rahbari o‘ldirilganidan keyin xavfsiz joyga ko‘chirildi
09:19 / 28.09.2024
Netanyahu BMTda Eronga Isroilning «qo‘li uzunligi» bilan tahdid qildi
12:10 / 26.09.2024
Tramp Eron tomonidan o‘ldirish tahdidlari haqida ogohlantirildi
21:24 / 25.09.2024