Sport | 20:03 / 26.08.2018
14168
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Yengil atletikada yana bir medal qo‘lga kiritildi

O‘zbekiston yengil atletika jamoasi a'zosi Suxrob Xo‘jayev Osiyo o‘yinlarida bosqon uloqtirish bo‘yicha ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

U final bahsida 74,06 m natija qayd etib, uchinchi o‘rinni band etdi. Bu uning mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi.

Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qatarlik Ashraf Elsayfiy (76,88) va tojikistonlik Dilshod Nazarov (74,16 m) egalladi.

100 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan Nigina Sharipova yarim finalda o‘z guruhida birinchi bo‘ldi va finalda qatnashdi. Ammo medallar uchun bahsda u 11,45 s natija bilan yettinchi bo‘ldi.

Yana bir yengil atletikachi Yelena Smolyanova yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etdi va 15,74 m natija ko‘rsatib, beshinchi pog‘onadan joy egalladi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 28taga yetdi - 6 oltin, 11 kumush va 11 bronza. O‘zbekiston hamon umumiy reytingda 10-o‘rinda qolmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid