Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ruminiyadagi aviabazani yaxshilaydi. Bunga 40 mln dollar sarflanadi
AQSh harbiy-havo kuchlari Ruminiyadagi aviabazasini yaxshilash uchun qariyb 40 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Defense News nashri xabar qildi.
Xususan, gap Ruminiyaning Kimpiya-Turzi 71-aviabazasi haqida bormoqda. Qo‘shma Shtatlar harbiy-havo kuchlari aviabazani yanada ko‘proq samolyotlar, qo‘shimcha yonilg‘i va qurollarni saqlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida takomillashtirmoqchi.
AQShning Yevropadagi harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general Tod Uoltersning aytishicha, aviabazaning takomillashtirilishi tayyorgarlikning yaxshilanishini anglatadi.
Nashrning ta'kidlashicha, so‘nggi yillarda AQSh harbiy-havo kuchlari F-15 va A-10 qiruvchilarini ushbu harbiy bazada vaqtinchalik joylashtirgan.
Materialda aytilishicha, bazaga homiylik qilish AQSh Mudofaa vazirligining «Rossiya tajovuzkorligini» tiyib turish uchun maxsus mo‘ljallangan mablag‘lari hisobidan ta'minlanadi.
Ushbu mablag‘dan deyarli 25 million dollar infratuzilma uchun turli xil missiyalar va parvozlarni amalga oshirish uchun sarflanadi, deya qayd etadi Defense News.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda «aldamchi raketa» sinovdan o‘tkazilgani xabar qilingandi.