Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik videos'yomka uchun KXDRdan chiqarib yuborildi
Foto: AFP
Shimoliy Koreya hukumati mamlakatdan «jinoyat» sodir etgan Yaponiya fuqarosini chiqarib yubordi. Bu haqda Associated Press Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar bermoqda.
Rasmiy bayonotda aytilishicha, Tomoyuki Sugimoto bu ish bo‘yicha so‘roqqa tutilgan. Shunga qaramasdan, yaponiyalik aynan qanday jinoyatni sodir etgani ko‘rsatilmagan.
Shuningdek, xabarda ta'kidlanishicha, KXDR hukumati erkakka nisbatan «bag‘rikenglik» qildi va mamlakatdan «insonparvarlik tamoyillari» asosida chiqarib yubordi.
Kyodo News ma'lumotlariga ko‘ra, erkak Nampxo shahrida sayyohlar guruhi tarkibida bo‘lgani holda videos'yomkani amalga oshirgan. Unda, taxminlarga qaraganda, harbiy obekt ham tasvirga tushib qolgan.
Ta'kidlanishicha, Yaponiya hukumati KXDRning Pekindagi elchixonasi orqali Sugimotoni ozod qilishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In KXDRdagi tibbiyot sohasi ahvolidan darg‘azab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:04 / 10.05.2026
Yaponiya viza tartibini buzgan yana bir o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
22:34 / 25.04.2026