KXDR oliy rahbari Kim Çen In mamlakatda tibbiyot va soğliqni saqlaş sohasining rivojlaniş darajasini tanqid qildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.

Davlat rahbari Pxyonan-Pukto provinsiyasidagi Myoxyansan tibbiyot uskunalarini işlab çiqariş zavodiga taşrif buyurdi. Kim Çen Inning ta'kidlaşiça, korxonadagi vaziyatdan hafsalasi pir bölgan, şuningdek, uning qöşimça qilişiça, mamlakatning soğliqni saqlaş sohasida «ğururlanadigan heç narsasi yöq».

Uning sözlariga köra, Şimoliy Koreyaning iqtisodiyotining turli sohalarida olğa siljişlar kuzatilmoqda, biroq, soğliqni saqlaş sohasida «ular heç qaçon bölmagan».

«Bu sohada ğururlanadigan heç narsa yöq... işlab çiqariş muhitini yaxşi saqlab turgan, uskunalarni modernizatsiya qilgan korxonaning özi yöq», - deya qayd etib ötgan Kim Çen In.

Mamlakatning oliy rahbari amaldorlarni uşbu sohadagi moddiy-texnika bazasini mustahkamlaşga çaqirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In «mö'jizalar tarixi» haqida gapirib bergandi.