Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya AQSh bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqmoqchi
Foto: Imago
Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning ma'lum qilishicha, mamlakat AQShga nisbatan o‘zining tashqi siyosatini qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda dpa agentligi xabar bermoqda.
«Transatlantik hamkorlikni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi: jiddiy, tanqidiy va hatto o‘z xatti-harakatlarimizga tanqid ko‘zi bilan yondashib», - deya aytib o‘tdi Maas Berlinda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Germaniyadagi yili boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda.
Ta'kidlanishicha, avvalroq Handelsblatt gazetasida e'lon qilingan maqolada vazir ko‘p yillardan buyon Yevropa va Amerika Qo‘shma Shtatlari bir-biridan uzoqlashib ketayotganini bildirgan.
Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarga yangi yondashuv sifatida Maas muvozanatli hamkorlik g‘oyasini ilgari surish taklifi bilan chiqdi. U kuchli va mustaqil Yevropaning yaratilishini Germaniya tashqi siyosatining asosiy maqsadi deb atadi.
Shuningdek, vazirning qayd etishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari qizil chiziqni kesib o‘tadigan joyda, Yevropa bunga qarshi mos javobni qaytarishi kerak.
Mavzuga oid
12:57
Tramp amerikaliklarning iqtisodiy qiyinchiliklari uni Eron bilan kelishuvga undamasligini aytdi
10:52
Trampning Eronga qarshi urushi AQSh iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilyapti?
09:07
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
09:01