Sport | 13:40 / 27.08.2018
17372
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Og‘ir atletikada yana bir medal qo‘lga kiritildi

O‘zbekiston og‘ir atletika jamoasi a'zosi Rustam Jangaboyev Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

+105 kg vazn toifasidagi og‘ir atletikachilar bahsida Jangaboyev dast ko‘tarishda 203 kg, siltab ko‘tarishda 252 kg og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va 455 kg natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Oltin va kumush medallar Eron vakillariga ketdi, Behdad Salimikordasiabi 461 kg (208+253), Sayid Alihusayniy esa 456 kg (208+248) natija ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, 26 avgust kuni -105 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov 421 kg (dast ko‘tarishda 191kg, siltab ko‘tarishda 230 kg) natija qayd etib, birinchi o‘rinni egallagan va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ygandi.

Shu kuni -75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Omadoy Otaqo‘ziyeva 237 kg natija qayd etib (dast ko‘tarishda 101, siltab ko‘tarishda esa 136), kumush medal sohibasiga aylangandi.

Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 29taga yetdi - 6 oltin, 11 kumush va 12 bronza. O‘zbekiston hamon umumiy reytingda 10-o‘rinda qolmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid