Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda kasanachilar va muhtoj ayollarga uy berildi
26 avgust kuni Sirdaryoda uy-joyga muhtoj va nogironligi mavjud bo‘lgan, mehnatga layoqatsiz 20 nafar ayolga yangi uylar topshirildi. Topshirish tadbirida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev ishtirok etishdi.
Prezident qaroriga asosan, uyning dastlabki badali O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi «Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi» tomonidan to‘lab berildi. 25 foizlik badal to‘langanini tasdiqlovchi sertifikat va uy kalitlari o‘z egalariga topshirildi.
Shu tadbirda 27ta nogironlik aravachasi, 27ta eshitish apparati va hassalar tarqatildi.
Ma'lumot uchun, Sirdaryoda 2017 yil davomida uy-joyga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan xotin-qizlardan 27 nafari arzon uylar bilan ta'minlanib, yana 54 nafar xotin-qiz 2018 yil yakuniga qadar ta'minlanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026