26 avgust kuni Sirdaryoda uy-joyga muhtoj va nogironligi mavjud bölgan, mehnatga layoqatsiz 20 nafar ayolga yangi uylar topşirildi. Topşiriş tadbirida Özbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatçisi T.Xudaybergenov, Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari, Respublika xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva, viloyat hokimi Ğofur Mirzayev iştirok etişdi.
Prezident qaroriga asosan, uyning dastlabki badali Özbekiston xotin-qizlar qömitasi qoşidagi «Xotin-qizlarni va oilani qöllab-quvvatlash jamoat fondi» tomonidan tölab berildi. 25 foizlik badal tölanganini tasdiqlovçi sertifikat va uy kalitlari öz egalariga topşirildi.
Şu tadbirda 27ta nogironlik aravaçasi, 27ta eşitiş apparati va hassalar tarqatildi.
Ma'lumot uçun, Sirdaryoda 2017 yil davomida uy-joyga muhtoj, nogironligi bölgan va mehnatga layoqatlilik darajasi çeklangan xotin-qizlardan 27 nafari arzon uylar bilan ta'minlanib, yana 54 nafar xotin-qiz 2018 yil yakuniga qadar ta'minlanişi rejalaştirilgan.












