Jahon | 15:09 / 27.08.2018
21090
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Afg‘onistonga aviazarba berganini rad etdi

Foto: Khaama Press

Tojikiston mudofaa vazirligi aviazarba bo‘yicha ba'zi OAV vakillari tarqatgan xabarni rad etdi.

Mudofaa vazirligining aytishicha, Tojikistonning Afg‘oniston hududida havo hujumini amalga oshirmagan. Tojikiston boshqa davlat hududiga havo hujumini amalga oshirish huquqiga ega emasligi, agar shunday holat yuz beradigan bo‘lsa, avval bu masalani  Kollektiv Xavfsizlik Tashkiloti ko‘rib chiqishi bildirilgan.

TASS axborot agentligining Khaama Press agentligi ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, Tojikiston samolyoti yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismidagi Taxor provinsiyasi, Darkad viloyatiga havodan zarba bergan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, havo hujumlari yakshanba kuni mahalliy giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilar va Tojikiston chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan keyin sodir bo‘lgan. Natijada, ikki nafar chegarachi halok bo‘lgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid