Olimlar: qushlar yo‘l shovqinidan tezroq qariydi
Mashinalarning shovqini sababli qushlar tezroq qariydi. Buni Maks Plank nomidagi Ornitologiya instituti nemis mutaxassislari amerikalik hamkasblari bilan birgalikda aniqlashdi. Tadqiqot Frontiers in Zoology jurnalida e'lon qilindi.
Tadqiqot obektiga zerba amadinlari aylandi - tekisliklarda yashaydigan kichik qushlar. Yovvoyi tabiatda ularning o‘rtacha umr ko‘rish muddati 5-10 yilni tashkil qiladi. Tadqiqotchilar 21 va 120 kunlik 263ta qushga turli sharoitlarda shovqinning ta'sirini baholashdi - ba'zi birlarining ota-onasi shovqinga duch kelgan, bir qismi - uchramagan, qushlarning ba'zi qismi o‘zi shovqinga uchragan, qolganlari esa nazorat guruhiga aylangan. Effektni o‘rganish uchun shahardagi yo‘llar shovqini yozuvi ishlatilgan.
Qarish indikatoriga telomer, xromosomalarning so‘nggi qismi, organizm keksaygani sari qisqarib boruvchi qism aylandi. Ma'lum bo‘lishicha, ota-onasi yo‘l shovqini ta'siriga uchragan qush bolalarining bunday xromosomalari tug‘ilish paytida qisqaroq bo‘lgan. O‘zlari shovqin ta'siriga duch kelganlarda esa u jimjitlikda bo‘lganlaridan tezroq qisqarib borgan.
«Bizning tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, shahar shovqini nur yoki kimyoviy ifloslanish kabi boshqa jihatlardan qat'i nazar, qushlarning qarishiga ta'sir o‘tkazadi. Bu shaharda hamda qishloq joylarda yashovchi qushlar orasida hayot davomiyligidagi farqlarni tushuntirishi mumkin bo‘lgan bog‘liqliklarni aniqlash yo‘lidagi birinchi qadamdir».
Mavzuga oid
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
15:55 / 05.11.2024
Homiladorlikda shakar iste’moli kamaytirilsa, bola ulg‘ayganda qandli diabetga chalinish xavfi pasayadi - tadqiqot
10:33 / 02.11.2024