Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Yevroittifoq bilan bir milliard yevro borasida kelishib oldi
Foto: Reuters
Ukraina Yevropa ittifoqi bilan Kiyevga bir milliard yevroga qadar moliyaviy yordam berish shartlari bo‘yicha kelishib oldi. Bitim yaqin vaqt ichida imzolanadi, deb xabar qilmoqda «Ukrainskiye novosti» Ukrainaning Yevropa ittifoqidagi elchisi Nikolay Tochitskiyga tayangan holda.
U kelishuv shartlarini oshkor qilmadi, ammo hujjatlar qisqa muddat ichida imzolanishini ta'kidlab o‘tdi. «Olg‘a siljish bor, sharoitlar mavjud», - dedi Tochitskiy.
27 iyun kuni Yevropa ittifoqi kengashi Ukrainaga ma'lum shartlar bajarilgani uchun 1 milliard yevrogacha bo‘lgan yangi makromoliyaviy yordam to‘plami ajratilishini tasdiqladi. Shartnomani imzolash iyul oyida rejalashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyani mamlakatda g‘alayonlar keltirib chiqarishda ayblagandi.
Mavzuga oid
08:28
Orenburgdagi gaz sanoati obektlari dron hujumiga uchradi
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:18 / 12.05.2026
Ukrainada Andrey Yermak pul yuvishda gumonlanmoqda
09:09 / 12.05.2026