Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining sobiq qömondoni vitse-admiral Sergey Gaydukning ma'lum qilişiça, Rossiya tomoni mamlakat qirğoqlariga yaqin tumanlarda tartibsizliklar kelib çiqişiga harakat qilmoqda. Bu haqda u «Espreso.TV» efirida aytib ötdi.
Gaydukning sözlariga köra, Rossiya tomonining Azov dengizidagi harakati Berdyansk va Mariupol dengiz portlariga iqtisodiy bosim ötkazmoqda. Şu tariqa, Rossiya ommaviy tartibsizliklarni uyuştirişni xohlayapti. Ayni paytda vaziyat yomonlaşmoqda, çunki Mariupol jangovar harakatlar olib borilayotgan Donbass yaqinida joylaşgandir.
«Tasavvur qiling-a, Mariupoldan şarqda bizning dengiz qirğoqlar guruhimiz joylaşgan, u har kuni duşman bilan töqnaşuvlarga duç keladi, Mariupoldan ğarbdan hamda Mariupolning özida ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelyapti, sababi odamlar işidan ayrilib, oilasini boqiş imkoniyatidan mahrum bölmoqda va hokazo», - deya aytib ötdi Gayduk.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiya tomoni aynan şunga bor e'tiborni qaratmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina nega Qrimdan kemalarini olib çiqib ketmayotgani aytilgandi.












