Ukraina Yevropa ittifoqi bilan Kiyevga bir milliard yevroga qadar moliyaviy yordam beriş şartlari böyiça kelişib oldi. Bitim yaqin vaqt içida imzolanadi, deb xabar qilmoqda «Ukrainskiye novosti» Ukrainaning Yevropa ittifoqidagi elçisi Nikolay Toçitskiyga tayangan holda.

U kelişuv şartlarini oşkor qilmadi, ammo hujjatlar qisqa muddat içida imzolanişini ta'kidlab ötdi. «Olğa siljiş bor, şaroitlar mavjud», - dedi Toçitskiy.

27 iyun kuni Yevropa ittifoqi kengaşi Ukrainaga ma'lum şartlar bajarilgani uçun 1 milliard yevrogaça bölgan yangi makromoliyaviy yordam töplami ajratilişini tasdiqladi. Şartnomani imzolaş iyul oyida rejalaştirilgan edi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyani mamlakatda ğalayonlar keltirib çiqarişda ayblagandi.