Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Afg‘onistonda ilk harbiy-mashg‘ulot bazasini qurishni boshladi – OAV
Xitoy Kobul bilan terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni oshirish maqsadida Afg‘oniston shimolidagi Badaxshon viloyatida ilk harbiy-mashg‘ulot bazasini qurishni boshladi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda South China Morning Post nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Xitoy baza qurilayotgan yerga qurol va afg‘on kuchlarini tayyorlash uchun qurilmalarga ega bo‘lgan kamida bir batalonni jo‘natadi.
Baza o‘zidan shimoldan Tojikiston bilan, janubdan Pokiston bilan va sharqdan Xitoyning Sintszyan-Uyg‘ur muxtor viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan, tog‘lardagi tor yo‘lakni aks ettiruvchi Vaxon yo‘lagida joylashadi. Xitoyning aksariyat aholisi musulmonlarni tashkil qiluvchi Sintszyanida xalqaro terrorchilik bilan bog‘langan ayirmachi guruhlar harakat qiladi.
Nashrda ta'kidlanishicha, bu Xitoyning qo‘shni Afg‘onistondagi ilk harbiy ishtiroki bo‘ladi. 2017 yilda Xitoy o‘zining ilk xorijiy harbiy-logistik bazasini Afrikaning Jibuti davlatida joylashtirgandi. Biroq u yerdagi kontingentning asosiy qismini dengiz prichali va infratuzilmani qurish bilan shug‘ullanayotgan muhandislar va quruvchilar tashkil qiladi. Afg‘onistondagi baza esa uning oxirgi yillar teraktlar sodir etilgan notinch Sintszyan bilan yaqin masofadaligi sababli umuman o‘zga strategik rolni bajarishga qaratilgan.
Kuzatuvchilarning fikricha, harbiy baza Pekin tomonidan Xitoy hududiga IShID saflarida tayyorgarlik o‘tgan va harbiy harakatlarda tajriba ortirgan uyg‘urlar va boshqa ekstremistlarning bostirib kirishi oldini olish uchun qurilmoqda. Bundan tashqari, Xitoy “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasining transchegaraviy savdo-transport yo‘llari bo‘ylab xavfsizlikni ta'minlash zaruratidan kelib chiqmoqda.
Biroq Xitoy mudofaa vazirligi hanuzgacha Afg‘onistonda baza qurish rejalarini tasdiqlamay kelmoqda.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
17:54 / 10.06.2026