Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom Karimov nomidagi kutubxona o‘z ishini boshladi
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi kutubxona o‘z ishini boshladi. Bu haqda Islom Karimov fondi xabar bermoqda.
Kutubxona o‘ziga xos tarixga ega binoda joylashgan. Istiqlolning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti bu binoda keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashgan, xorijiy davlatlarning mamlakatga tashrif buyurgan dastlabki delegatsiyalarini qabul qilgan. Bu yerda Islom Karimov chet el davlatlarining birinchi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan. “Oqsaroy” qurilganidan keyin binoda birinchi prezidentning matbuot xizmati faoliyat yuritgan.
Kutubxonaning ochilish marosimida birinchi prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova, keng jamoatchilik, ilmiy va madaniy doira vakillari ishtirok etdilar.
Mavzuga oid
08:45 / 10.06.2026
Jahon shaharlari reytingi: aholi uchun eng ko‘p kutubxona qayerda?
14:10 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
14:36 / 30.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
18:12 / 11.11.2025