Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil boshidan buyon Qirg‘izistonning qancha fuqarosi O‘zbekistonga kelgani ma'lum
Foto: kabar.kg
2018 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qirg‘iziston fuqarolarining soni 500 ming kishini tashkil etdi.
O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov Tazabek nashriga shu haqda ma'lum qildi.
«O‘ylashimcha, bu yil Qirg‘izistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston fuqarolarining soni ham shunday - yarim million», - dedi u.
Elchining qo‘shimcha qilishicha, bu raqam avvalgi yillarga nisbatan ortgan.
«Chegarachilarning aytishicha, faqat «Dostuk» nazorat o‘tkazish punktidan kamida 10 ming kishi o‘tmoqda», - deydi u.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat o‘rtasida 60 kunlik vizasiz rejim amal qilmoqda, bu turistlar uchun qulay sharoit yaratadi.
Mavzuga oid
15:22 / 16.04.2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil etiladi
10:36 / 15.04.2026
Qamchibek Tashiyevning ikki nafar sobiq o‘rinbosari hibsga olindi
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026