2018 yil yanvar-iyul oylarida Özbekistonga taşrif buyurgan Qirğiziston fuqarolarining soni 500 ming kişini taşkil etdi.

Özbekistonning Qirğizistondagi elçisi Komil Raşidov Tazabek naşriga şu haqda ma'lum qildi.

«Öylaşimça, bu yil Qirğizistonga taşrif buyurgan Özbekiston fuqarolarining soni ham şunday - yarim million», - dedi u.

Elçining qöşimça qilişiça, bu raqam avvalgi yillarga nisbatan ortgan.

«Çegaraçilarning aytişiça, faqat «Dostuk» nazorat ötkaziş punktidan kamida 10 ming kişi ötmoqda», - deydi u.

Eslatib ötamiz, ikki mamlakat örtasida 60 kunlik vizasiz rejim amal qilmoqda, bu turistlar uçun qulay şaroit yaratadi.