Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. Hasanboy Do‘smatov yarim finalda
Bugun, 29 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston boks terma jamoasi a'zosi, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov turnir yarim finalga yo‘l oldi.
U chorak finalda qirg‘izistonlik Mirlan Turkbay uluni 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27) hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi uning final yo‘llanmasi uchun raqibi xitoylik Vu Jonglin bo‘ladi.



Bugun yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi, -56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov (16:15), -64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov (12:30) va -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov (17:15) ham chorak final janglarida ringga chiqadi.
28 avgust kuni o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston boks jamoasining uch vakili Jasur Latipov (-52 kg), Shunqor Abdurasulov (-60 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) o‘z janglarida g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqqandi.
Yarim final janglari 31 avgust kuniga belgilangan.
Mavzuga oid
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026