Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik kurashchilar birinchi bosqichdan o‘tishdi
Osiyo o‘yinlarida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha bahslarning ikkinchi kuni boshlandi.
Bugun musobaqalarda O‘zbekiston kurashchilar jamoasining 4 nafar vakili ishtirok etmoqda.
Dastlab -63kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Muxlisa Abdumalikova saralashda afg‘onistonlik Ramziya Saididan ustun keldi (10:0) va nimchorak finalga chiqdi.

Uning navbatdagi raqibi vetnamlik Nguen Ti Tan Tram bo‘ladi.
Shu vazn toifasidagi Dildor Shermetova Filippin vakili Tener Noyemini 10:0 hisobida mag‘lub etib, saralashdan o‘tdi.

U nimchorak finalda afg‘onistonlik Nafisa Ahmadiga qarshi gilamga chiqadi.
-81 kg vazn toifasidagi Sarvar Shomurodov esa saralash bosqichida yamanlik Mater Ziyod ustidan qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi - 1:0.

Shomurodov qozog‘istonlik Sulton Jonibek bilan keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bellashadi.
O‘zbekistonning to‘rtinchi vakili, -81 kg vazn toifasidagi Muso Sobirov hindistonlik Tokas Manish ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, nimchorak finalga chiqdi.

U endi tojikistonlik Xojazoda Behruzi bilan kuch sinashadi.
Mavzuga oid
18:35 / 20.01.2026
Yil yakuniga qadar har bir tuman va shahardagi maktabda kurash klubi ochiladi
17:06 / 27.09.2025
Rossiyalik kurashchi Xadarsevga O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tishga ruxsat berilmadi
16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi
12:22 / 23.12.2024