O‘zbekiston | 18:39 / 29.08.2018
4573
2 daqiqa o‘qiladi

Ryodzi Noyori o‘zbekistonlik yosh olimlar bilan davra suhbatida ishtirok etdi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligida Yaponiya delegatsiyasi, shuningdek, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyorining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.  

Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi O‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazida Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yosh olimlar bilan suhbatlashdi. 

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Davra suhbatida jahon ilm-fanida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ixtirochi olimlar tomonidan qilinayotgan kashfiyotlar muhokama qilinib, mazkur jarayonlarga bilan birga faoliyatni olib borish zarurligi ta'kidlanib, bu borada Ryodzi Noyori o‘zining hayotiy tajribasi va ilmiy natijalari bilan o‘rtoqlashdi. 

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Ma'lumot uchun, taniqli kimyo olimi Ryodzi Noyori 2001 yilda katalitik asimmetrik sintez sohasidagi ishlanmasi uchun Nobel mukofotini olgan. Yaponiyaning ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi ilmiy kengashining haqiqiy a'zosi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli xil yetakchi loyihalari hamda AQSh, Xitoy Xalq Respublikasi, Yevropa mamlakatlari fanlar akademiyasining a'zosi. 2015 yildan buyon Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligining strategiyasini rivojlantirish va tadqiq qilish Markazining Bosh direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Mavzuga oid