Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining taşabbusi bilan taşkil etilgan Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boşçiligida Yaponiya delegatsiyasi, şuningdek, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyorining Özbekistonga taşrifi davom etmoqda.
Toşkent davlat texnika universiteti qoşidagi Özbek-yapon yoşlar innovatsion markazida Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan bir guruh özbekistonlik yoş olimlar bilan suhbatlaşdi.

Davra suhbatida jahon ilm-fanida yuz berayotgan özgarişlar, ixtiroçi olimlar tomonidan qilinayotgan kaşfiyotlar muhokama qilinib, mazkur jarayonlarga bilan birga faoliyatni olib boriş zarurligi ta'kidlanib, bu borada Ryodzi Noyori özining hayotiy tajribasi va ilmiy natijalari bilan örtoqlaşdi.

Ma'lumot uçun, taniqli kimyo olimi Ryodzi Noyori 2001 yilda katalitik asimmetrik sintez sohasidagi işlanmasi uçun Nobel mukofotini olgan. Yaponiyaning ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi ilmiy kengaşining haqiqiy a'zosi va Birlaşgan Millatlar Taşkilotining turli xil yetakçi loyihalari hamda AQŞ, Xitoy Xalq Respublikasi, Yevropa mamlakatlari fanlar akademiyasining a'zosi. 2015 yildan buyon Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligining strategiyasini rivojlantiriş va tadqiq qiliş Markazining Boş direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.












