Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi. Prezidentning «A.Usmanovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolangan.
«O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy aloqalarni mustahkamlash, mamlakatimizda yirik investitsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qo‘shgan katta hissasi, xalqimizning milliy qadriyati va boy tarixiy yodgorliklarini qayta tiklash va asrab-avaylash maqsadida O‘zbekistonda diniy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan obektlarni barpo etish borasidagi faol ishtiroki, Vataniga yoshlar uchun o‘rnak bo‘ladigan darajadagi samimiy muhabbati hamda respublikamizda turizm salohiyatini va sport sohasini rivojlantirishdagi hamkorligi uchun taniqli hamyurtimiz, Rossiyaning USM Holding aksiyadorlik jamiyati ta'sischisi va rahbari Usmanov Alisher Burxanovich «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi O‘zAda keltirilgan hujjat matnida.
Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov keyingi yillarda O‘zbekistonda yirik loyihalar amalga oshirmoqda. Xususan, Toshkentda, Samarqandda va Buxorodagi obektlarni qurish va restavratsiya qilish uchun Alisher Usmonov 2018 yilning o‘zida 100 million dollar ajratadi. U shuningdek, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishini moliyalashtiradi, u Toshkentning «Paxtakor» klubi homiysiga aylanib, klubga yangi stadion qurilishi uchun 100 million dollar sarmoya kiritadi.
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025