Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev velosipedda yurishni ommalashtirish zarurligini ta'kidladi
Davlat rahbari Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Toshkent viloyatida joriy yilda 622ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Quyichirchiq tumanida velosiped ishlab chiqarish loyihasi ulardan biridir. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ushbu korxonaga 80 million dollar investitsiya yo‘naltirish, 260 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev bu loyihaga alohida e'tibor qaratdi. Velosiped ishlab chiqarishni ko‘paytirib, yo‘l bo‘ylarida yo‘lakchalar tashkil etib, velosipedda yurishni ommalashtirish zarurligini ta'kidladi.

«Bu sog‘lik degani. Odamlarimiz faqat mashinalarda yurmasdan, ko‘proq velosiped haydasa, yuragi baquvvat bo‘ladi, umri uzayadi. Shuning uchun bu korxonani ishga tushirishni tezlashtirish kerak» dedi prezident.
Korxona qurilishi joriy yil oktabrda boshlanadi.
Davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm sohalariga oid loyihalar bo‘yicha ham mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026