Jamiyat | 18:14 / 29.08.2018
5405
2 daqiqa o‘qiladi

Sifati kafolatlanmagan sitrus mevalar to‘xtatib qolindi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan chegaradosh hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etilgan yana bir bojxona qoidabuzarligida respublika hududiga sifati kafolatlanmagan sitrus mevalarning noqonuniy olib kirilishi oldi olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Fuqaro O.A. boshqaruvidagi avtomashina chegara oldi hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida xorijda yetishtirilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, muqaddam qo‘shni davlatdan noqonuniy ravishda, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan 4 tonna og‘irlikdagi kivi, apelsin, ananas kabi sitrus mevalar ortilganligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Jami qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, salkam 102 mln. so‘mni tashkil qilingan mazkur mevalar ashyoviy dalillar sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid