Sport | 09:08 / 29.08.2018
14029
2 daqiqa o‘qiladi

«U juda kuchli». Nurmagomedovning murabbiyi Makgregordan hayiqayotganini yashirmadi

Foto: Esther Lin/ MMA Fighting

Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning murabbiysi Xaver Mendes o‘z shogirdining raqibi irlandiyalik Konor Makgregor haqida fikr bildirdi.

Murabbiyning ma'lum qilishicha, Mutlaq jangchilar chempionati sobiq chempioni qadning rostlangan vaziyatidagi jang bo‘yicha eng kuchlisidir.

«Men uchun Makgregor - butun UFC’da qadning rostlangan vaziyatidagi jang bo‘yicha eng yaxshi jangchi. Bu mening fikrim. Bizda u bilan shu uslubda jang qilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun hech qanday vaqt yo‘q. Men: «Ha, biz uni yer bilan bitta qilib tashlaymiz», deb aytmayman. Odamlar, uyg‘oning. Bu ish bermaydi. Men bizda Konor bilan jang qadning rostlangan vaziyatida uslubda kechishini istamayman, u bunda juda kuchli», - deya Mendesning so‘zlarini keltiradi Eurobash.

Nurmagomedov - Makgregor jangi UFC 229 musobaqasida 6 oktabr kuni Las-Vegasda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meyvezer Makgregor - Nurmagomedov jangi qanday yakunlanishi haqida gapirgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid