Beş vazn toifasida boks böyiça 12 karra jahon çempioni, öz sport faoliyatini yakunlagan kiçik Floyd Meyvezerning fikriça, irlandiyalik jangçi Konor Makgregor 6 oktabrda bahsga kirişadigan UFC yengil vazn toifasidagi çempioni Habib Nurmagomedovdan qörqmaydi.
«Konor çekinmoqçi emas - u jangga e'tibor qaratgan va unda jon-jahdi bilan kuraşadi. Men oktagonda Makgregorga yetarliça qarşilik körsatişi mumkin bölgan heç kimni körmaganman, sababi Konor - jahannamning Yerdagi timsoli. Makgregor juda jiddiy raqib, u haqiqiy jangçi va muxlislarga yoqadigan narsani qiladi. Men Konor va Habib Nurmagomedov jangida kim ğalaba qozonişi böyiça taxmin qilişga tayyor emasman», - dedi kiçik Meyvezer TMZ Sports’ga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Meyvezer Nurmagomedov bilan jangdan oldin Makgregorga yordam taklif qilgandi.












