Ukraina AQShga mudofaa majmualari bo‘yicha murojaat qildi
Ukrainaning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi Valeriy Chaliyning ma'lum qilishicha, Kiyev AQSh havo mudofaasi tizimlarini sotib olish haqida Vashingtonga murojaat qilgan. Bu haqda u «Novoye vremya» radiostansiyasi efirida aytib o‘tdi.
Chaliyning so‘zlariga ko‘ra, bu masala Ukraina va AQSh yetakchilari Pyotr Poroshenko hamda Donald Trampning o‘zaro uchrashuvida, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning Kiyevga tashrifi davomida ko‘tarilgan.
«Bizning keyingi davr bo‘yicha ehtiyojlarimiz, mening nazarimda, bu dengiz sohasi, harbiy-havo makonidir: bularsiz biz mamlakatni himoya qilishni ta'minlay olmaymiz», - deya aytib o‘tdi Chaliy.
Aniqlik kiritilishicha, Ukrainaga kamida uchta shunday kompleks kerak. Shu bilan birga, ularning har biri qiymati esa 750 million dollar atrofida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyani «yoqimsiz syurprizlar» haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
17:58
Britaniya va Fransiya Baydenni Ukraina Storm Shadow raketalaridan foydalanishiga ruxsat berishga ko‘ndirmoqchi
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
09:00